×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

🇺🇿🇹🇷Joriy yilning 5-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi arafasida Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Oʻzbekiston-Turkiya Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining uchinchi yigʻilishi doirasida Anqarada boʻlib oʻtgan bir qator tadbirlarda ishtirok etdi.

🟠Onur Group, IC Ictas Insaat, YDA Group, Rönesans Holding, Ostim, Doğan Holding, Aksa Energy, Chalık Holding, Akfen Holding, Yildiz Group va boshqalar kabi yirik turk kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar oʻtkazildi.

🟠Qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, toʻqimachilik, geologiya, elektrotexnika, farmatsevtika, charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish, qurilish va energetika sohalarida loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

🟠Oʻtkazilgan tadbirlarda yangi kompaniyalar va Oʻzbekistonning koʻp yillik hamkor kompaniyalar rahbarlari mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash va investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadilar va o‘zbekistonlik hamkorlar bilan savdo va investitsiyaviy munosabatlarni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.