×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Joriy yilning 1-iyul kuni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) vakillari bilan Osiyoda barqaror infratuzilmani rivojlantirish (SIPA) bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

SIPAning maqsadi – Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyodagi mamlakatlarni Parij kelishuviga muvofiq yashil energiya, transport va sanoat tizimlariga o‘tishda qo‘llab-quvvatlashdir. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun barqaror infratuzilmaning to‘rtta asosiy ustuni ustida ishlamoqda: (1) infratuzilma yechimlarini yashil iqtisodiyot maqsadlariga moslashtirish uchun rejalashtirish va baholash, (2) energiya va sanoatni karbonsizlantirish, (3) transportni karbonsizlantirish va (4) moliyalashtirish.

Suhbat davomida SIPA uzoq muddatli past uglerodli strategiyasini ishlab chiqishning asosiy mezoni bo‘lgan “yashil iqtisodiyot”ga oid bir qator masalalar muhokama qilindi. Ushbu dasturning rivojlanishi sektorlar bo’ylab dekarbonizatsiya maqsadlarini belgilash imkoniyatini beradi.