×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

🇺🇿 🇰🇼Quvaytda ilk bor O’zbekistonning investitsiyaviy, eksport va turizm salohiyatiga bag’ishlangan ko’rgazma bo’lib o’tdi.

🟠Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Nozimjon Xolmurodov boshchiligidagi o‘zbekistonlik tadbirkorlar delegatsiyasi ishtirok etdi.

🟠Delegatsiya rahbari o‘z nutqida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan qulay sharoitlar, O‘zbekistonning turizm va sanoat salohiyati haqida atroflicha ma’lumot berdi.

🟠Ko‘rgazmada 40 dan ortiq qurilish materiallari, oziq-ovqat, farmatsevtika va to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlab chiqaruvchi korxonalarning mahsulotlari namoyish etildi. Quvaytning yirik kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

🟠O‘zbekiston va Quvayt ishbilarmonlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida navbatdagi biznes-forumni joriy yilning sentabr oyida Toshkent shahrida o‘tkazishga kelishib olindi.