×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar mustahkamlanmoqda.

Joriy yilning 18 may kuni O‘zbekiston-Malayziya biznes-forum Samarqand shaxrida bo’lim o’tdi unda Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim O’zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida ishtirok etdi. “Ushbu iqtisodiy hamkorlikning asosiy ustunlaridan biri biznes aloqalarini kengaytirishdan iborat. O‘zbekistonning ko‘p yosh aholisi va o‘sib borayotgan iqtisodiyoti mintaqada o‘z ishtirokini kengaytirishga intilayotgan Malayziya kompaniyalari uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda”, Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim O’zbekistonga diplomatik delegatsiya sifatida emas, balki do‘st sifatida kelganini ta’kidladi.

So‘nggi yillarda Malayziya bilan savdo-iqtisodiy aloqalar mustahkamlanib boramoqda. Forumda ikki mamlakat tadbirkorlari va iqtisodiy soha mas’ul shaxslari O‘zbekiston va Malayziya hukumatlari rahbarlaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Bundan tashqari, forum doirasida savdo-iqtisodiy va ta‘lim sohasidagi hamkorlik bo‘yicha hujjatlar almashildi, bu ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yo’lidagi muhim qadam bo‘ldi.