×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi va Xitoyning Aksu shahrining nufuzli kompaniyalar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 24 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligiga Xitoyning Aksu shahri delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.  Uchrashuvda Aksu shahar hokimi Lo Meyin boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasi va  “Tianyu”, “Jin Fengyuan Seed Company”, “Uch hosil”, “Julin uy-joy boshqaruvi kompaniyasi” “Huahe International”, “Peng Sheng” kompaniyalarining direktorlari tashrif buyurdi. Delegatsiya qishloq xo’jaligidagi qiziqishlari hamda paxtani qayta ishlash boyicha loyihalarini amalga oshirmoqchi ekanligini takidlab o’tishdi.Uchrashuv davomida agentlik vakillari O‘zbekistoning savdo-iqtisodiy va investitsiya salohiyati haqida ma’lumot berdi va Xitoy delegatsiyasining Qishoq xo’jaligi bo’yicha qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Uchrashuv yakunida ikki davlat vakillari kelgusida savdo va ishlab chiqarish sohasida hamkorliklarni davom etirishga kelishib olishdi.