×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Investitsiya dasturlari doirasidagi loyihalar

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida mamlakatimizda investitsiya dasturi doirasida qiymati 5,1 mlrd dollarlik 7 712 ta loyiha ishga tushirildi va natijada 130 mingta yangi ish o‘rni yaratildi.

Shu jumladan, joylarda Hukumat komissiyasi faoliyati doirasida qiymati 1,4 mlrd dollarlik 2 021 ta loyiha muddatidan oldin ishga tushirilishi taʼminlandi hamda 26 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining hududiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi ma’lumotlari asosida tayyorlandi.