×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

“Сурбана Журонг Груп” компанияси билан ҳамкорлик кенгайтирилмоқда

Joriy yilning 21-sentabr kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Oybek Xamrayev Singapurning “Surbana Jurong Group” kompaniyasi bosh direktori Shon Chjian bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Tomonlar asosiy eʼtiborini suv taʼminoti va suv resurslarini boshqarish sohasidagi joriy loyihalarni amalga oshirish jarayoniga qaratdi. Shuningdek, kelgusi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

Muzokaralar yakunida tomonlar transport va logistika, neft-kimyo, qayta tiklanadigan energetika, shaharsozlik va infratuzilma sohalarida o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

Ma’lumot uchun: “Surbana Jurong Group” 2015 yilda tashkil etilgan bo‘lib, shaharsozlik va infratuzilma sohalarida Singapurning eng yirik konsalting kompaniyasi hisoblanadi. 40 ta mamlakatda jami 16 ming xodimga ega 120 dan ortiq idoralari mavjud. Kompaniya shu kungacha
16 mingdan ortiq loyihalarni amalga oshirgan.