×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

JHK Pharma (Pvt) Ltd kompaniyasi o‘z mahsulotlarini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Joriy yilning 8 iyul kuni Xorijiy Investitsiyalarni jalb etish agentligi xodimlari va JHK Pharma (Pvt) Ltd (Pokiston) kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida tadbirkorlar “Parket-Pharm” va “Bostonlik-Pharm” erkin iqtisodiy zonalarida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni rejalashtirayotganlarini bildirishdi. Shuningdek, Investorlar O‘zbekiston xo‘jalik mahsulotlariga, tabiiy resurslarga, inson resurslariga boy va investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar sababli sarmoya kiritish uchun munosib davlat ekanligini ta’kidladilar.

Agentlik, oʻz navbatida, Oʻzbekistonning investitsiya salohiyati haqida maʼlumot berib, “Parket-Pharm” va “Bostonlik-Pharm” direksiyalari bilan uchrashuv tashkil etishda koʻmaklashdi.

Shu munosabat bilan Agentlik JHK Pharma (Pvt) Ltd kompaniyasi vakillariga O‘zbekistonda farmatsevtika sanoatida mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish uchun hamrohlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi.