Muloqot davomida tadbirkorlar “Parket-Pharm” va “Bostonlik-Pharm” erkin iqtisodiy zonalarida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni rejalashtirayotganlarini bildirishdi. Shuningdek, Investorlar O‘zbekistondagi qulay investitsiya muhiti, tabiiy resurslarga, inson resurslariga boy va investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar sababli sarmoya kiritish uchun munosib davlat ekanligini ta’kidladilar.
Agentlik, o‘z navbatida, investorlarga berilayotgan imtiyozlar haqida ma’lumot berdi, “Parket-Pharm” va “Bostonlik-Pharm” direksiyalari bilan uchrashuv tashkil etishda koʻmaklashdi.
Agentlik JHK Pharma (Pvt) Ltd kompaniyasi vakillariga O‘zbekistonda farmatsevtika sanoatida mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish uchun hamrohlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi.
Другие новости и события
(Русский) Любое использование (воспроизведение, опубликование, копирование, перепечатывание, распространение, перевод, передача в эфир, переработка и другие способы распространения) материалов Инвестиционного портала - Invest.gov.uz, без указание первоисточника и ссылки на Портал строго запрещено!