Maxsus iqtisodiy zonalar
Qonunchilik
Investor uchun ahamiyatli har bir modda sodda tilda izohlangan va lex.uz dagi rasmiy matnning aynan shu joyiga havola berilgan.
35ta modda
Qonunning 5 ta bobida
1–3-bob. Umumiy qoidalar va zona turlari
- 2QonunchilikXalqaro shartnomada boshqacha qoida bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi. lex.uz
- 6Zonani rivojlantirish dasturiIshlab chiqarish uchun infratuzilmani VM ruxsati bilan xususiy investor qursa, xarajatlar keyinchalik zona mablag'lari hisobidan qoplanadi (2026-yilgi tahrir). lex.uz
- 7Zona hududidagi davlat mulki va yerlarYer uchastkalarini direksiya beradi va ular uning tasarrufida (maxsus sanoat zonalaridan tashqari). Uchastka elektron onlayn-auksionga qo'yiladi, g'olib ijara va investitsiya shartnomasi huquqini oladi. Bo'sh davlat obyektlari investitsiya majburiyatlari bilan auksionda sotilishi mumkin. lex.uz
- 9Zona turlariErkin iqtisodiy, maxsus ilmiy-texnologik, turistik-rekreatsion, erkin savdo va maxsus sanoat zonalari. lex.uz
- 10Erkin iqtisodiy zonaYangi, yuqori texnologik, import o'rnini bosuvchi va eksportga yo'naltirilgan sanoat mahsuloti ishlab chiqarish uchun tashkil etiladi. lex.uz
- 11Maxsus ilmiy-texnologik zona lex.uz
- 12Turistik-rekreatsion zona lex.uz
- 13Erkin savdo zonalari lex.uz
- 14Maxsus sanoat zonasiFaoliyat qoidalari va tartibini Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi. lex.uz
Asosiy hujjatlar
- Amalda
VM qarori, 07.09.2023
VMQ-452: ma'muriy reglament
Davlat xizmati my.gov.uz, Davlat xizmatlari markazi yoki direksiya orqali. 8 bosqichli sxema va muddatlar, rad etishning yagona asosi, buyurtmanoma shakli, direksiya tayyorlagan buyurtmanomalar, 45 BHM to'lov, QR kodli guvohnoma. Sxema VMQ-30 (22.01.2025) tahririda.
- Amalda
Prezident farmoni, 04.03.2025
PF-41: maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar
Yerni Hukumat komissiyasi tanlovi va VM qarori bilan to'g'ridan-to'g'ri ijaraga berish, 49 yilgacha ijara, muddat cheklovlarining bekor qilinishi, maxsus eksport zonasi, eksport uchun import xomashyoga bojxona rejimi, 6 oylik investitsiya majburiyati.
- Amalda
Prezident farmoni, 26.10.2016
PF-4853: erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar
Soliq va bojxona to'lovlari bo'yicha imtiyozlar muddati investitsiya hajmiga qarab: 0,3–3 mln $ - 3 yil, 3–5 mln $ - 5 yil, 5–10 mln $ - 7 yil, 10 mln $ va yuqori - 10 yil. 4-band PF-57 (25.03.2025) tahririda.
- Amalda
Kodeks
Soliq kodeksi, 68-bob
Zona ishtirokchilariga soliq solish: mol-mulk va yer solig'idan ozod qilish, foyda solig'i bo'yicha imtiyoz muddatlari, 2026-yil 1-apreldan tezlashtirilgan amortizatsiya, imtiyozlarni qo'llash tartibi.