Maxsus iqtisodiy zonalar

Yer uchastkasini olish tartibi

25 ish kuni

Reglament bo'yicha jami (auksion davrisiz); shundan direksiya zimmasida - 18 ish kuni

Ariza my.gov.uz da mustaqil to'ldiriladi, Davlat xizmatlari markazida xodim to'ldirib beradi yoki direksiyaga qog'ozda yoxud pochta orqali topshiriladi. Portalni har bir bosqichda kuzatish mumkin. my.gov.uz VMQ-452, 1-ilova (VMQ-30 tahririda)

8 bosqichdan 1-bosqich

Murojaat qilish

Real vaqt rejimida

Yuridik shaxs yoki uning vakili Davlat xizmatlari markaziga keladi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro'yxatdan o'tadi yoki bevosita direksiyaga murojaat qiladi.

Mas'ul

Investor

Hujjatlar: Buyurtmanoma (reglamentning 2-ilovasidagi shakl), ustav nusxasi (xorijiy shaxs uchun davlat ro'yxatidan o'tganlik guvohnomasi), biznes-reja yoki TIA, investitsiya bitimi loyihasi

VMQ-452, 4–5-bandlar

Buyurtmanoma rad etilsa yoki qaytarilsa

  • Rad etishning yagona asosi

    Taqdim etilgan hujjatlarda ishonchli bo'lmagan yoki buzib ko'rsatilgan ma'lumotlar aniqlanishi. Boshqa asoslar bilan rad etish taqiqlanadi.

  • Qaytarish

    Hujjatlar Qonun talablariga mos bo'lmasa, sabablari ko'rsatilgan holda qaytariladi. Investor 30 kun ichida qayta taqdim etadi, takroriy ko'rib chiqish 5 ish kuni. Ilgari ko'rilgan hujjatlarga yangi mulohaza bildirish mumkin emas.

  • Bosh tortish

    Investor qaror qabul qilingunga qadar murojaatidan voz kechishi mumkin; bu holda murojaat ko'rilmasdan qoldiriladi.

  • Shikoyat

    Loyiha maqsadga muvofiq emas degan qaror ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.

Shikoyat yoki takliflaringiz bormi?

Bu yerda tizim haqida fikr qoldirishingiz yoki shikoyat qilishingiz mumkin