Maxsus iqtisodiy zonalar
Imtiyozlar
Investitsiya hajmini kiriting — yer va mol-mulk solig'i hamda bojxona to'lovlari bo'yicha imtiyozlar PF-4853 shkalasi, foyda solig'i bo'yicha imtiyoz esa Soliq kodeksining 473-moddasi bo'yicha hisoblanadi.
Ishtirokchi maqomi qachon olingan
Yer solig'i, mol-mulk solig'i va bojxona to'lovlari: 7 yil. Foyda solig'i: 5 yil.
Yer solig'i, mol-mulk solig'i va bojxona to'lovlari
7 yil
- Yo'q300 ming $ gacha
- 3 yil0,3–3 mln $
- 5 yil3–5 mln $
- 7 yil5–10 mln $
- 10 yil10 mln $ va yuqori
Foyda solig'i
5 yil
- Yo'q3 mln $ gacha
- 3 yil3–5 mln $
- 5 yil5–15 mln $
- 10 yil15 mln $ va yuqori
Yer solig'i va mol-mulk solig'i
7 yilga ozod qilinadi. Muddat ishtirokchi guvohnomasi olingan kundan hisoblanadi.
PF-4853, 4-bandSK 473–474-moddalarBojxona to'lovlari 7 yil
Ozod qilinadi: respublikada ishlab chiqarilmaydigan, qurilish davrida olib kiriladigan qurilish materiallari (QQS va rasmiylashtirish yig'imidan tashqari); tasdiqlangan ro'yxat bo'yicha o'xshashi ishlab chiqarilmaydigan texnologik uskunalar (rasmiylashtirish yig'imidan tashqari).
O'RQ-604, 39-moddaPF-4853, 4-bandQo'shilgan qiymat solig'i
Importda QQS 120 kungacha kechiktirib to'lanadi. Ortiqcha QQS 7 kun ichida soddalashtirilgan tartibda qoplanadi.
O'RQ-604, 39-moddaFoyda solig'i: tezlashtirilgan amortizatsiya
Asosiy vositalarni 5 yil davomida tezlashtirilgan amortizatsiya qilish huquqi. Muddat obyekt foydalanishga qabul qilingan sanadan hisoblanadi.
SK 473, 474-moddalar
Imtiyozlarni qo'llash qoidalari
Soliq imtiyozlari faqat investitsiya bitimida ko'rsatilgan faoliyat turlariga nisbatan qo'llaniladi. Boshqa soliqlar bo'yicha imtiyozlar Soliq kodeksining umumiy qoidalariga ko'ra beriladi.
SK 473-modda2025-yil 1-iyundan eksport mahsuloti uchun import qilingan xomashyo, material va butlovchi qismlar «tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash» rejimida bojxona to'lovlarisiz rasmiylashtiriladi (rasmiylashtirish yig'imidan tashqari).
O'RQ-604, 39-moddaPF-41, 12-bandSoliq qonunchiligi o'zgarsa, imtiyozlar muddatida, lekin 10 yildan oshmagan davrda reyestrga kiritilgan sanadagi normalar qo'llaniladi (aksiz tovarlardan tashqari).
O'RQ-604, 42-moddaQonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar belgilangan muddatga qadar saqlab qolinadi.
PF-41, 15-bandImtiyozlar faqat zona hududida amalga oshiriladigan faoliyatga qo'llaniladi.
O'RQ-604, 37-moddaMaqomdan mahrum etilganda imtiyozlar mahrum etilgan oyning birinchi kunidan to'xtaydi; majburiyatlar bajarilmagani uchun mahrum etilsa, to'lanmagan soliq va bojxona to'lovlari to'liq undiriladi.
SK 474-moddaO'RQ-604, 32-modda