×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

CaseNewHolland (CNH)

“Case New Holland” (CNH)(AQSH) global qishloq xo‘jaligi va qurilish uskunalari provayderi. CNH 1999 yilda “Case” va “New Holland” birlashuvidan so‘ng tashkil topgan. Ikkala kompaniya va brendlar ham uzoq va boy tarixga ega. Bugungi kunda CNH butun dunyoda 40 ta ishlab chiqarish markazi, 29 tadqiqot va ishlab chiqarish markazi, 28,800 ishchi va 11 ming dona dilerlik punktlari mavjud. “CNH”, “Case New Holland”, “IVECO” yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi “Fiat Industrial” kompaniyasining tarkibiga kiradi. 2011 yil oxiridagi umumiy daromadlar 30 milliard dollardan oshdi.

 “CNH Industrial” dunyoning 190 mamlakatidagi barcha asosiy jahon bozorlarida mavjud. Hozirgi kunda konsern mahsulotlari “Astra”, “Case”, “Case IH”, “Heuliez Bus”, “Iveco”, “Iveco Bus”, “Magirus”, “New Holland Agriculture”, “New Holland Construction”, “Steyr” and “Iveco Defense Vehicles” (mudofaa vositalari) nomidagi 12 ta savdo belgisi ostida namoyish etiladi hamda sotiladi.

 CNH 1997-1998 yillarda O‘zbekiston bozorida CNH markali uskunalarni ishlab chiqarish, tarqatish, moliyaviyalashtirish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun O‘zbekistonda to‘rtta qo‘shma korxona tashkil etdi. CNH ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ham mavjud. O‘zbekiston orqali 17 ta hududda 330 dan ortiq kishi ish bilan ta’minlangan.

 Kompaniyaning prezidenti Stiv Naderney Amerika kompaniyasining O‘zbekiston bozoridagi muvaffaqiyatli faoliyatining o‘n to‘qqiz yillik tajribasi respublikada yaratilgan qulay biznes va investisiya muhitining tasdig‘i ekanligini ta’kidladi. Shu bilan birga, u O‘zbekistonda yaratilgan va samarali faoliyat ko‘rsatayotgan to‘rtta korxona  (“UzCaseMash”, “UzCaseTractor”, “UzCaseService” va “UzCaseAgroLeasing”) haqida ham aytib o‘tdi, ulardan ikkitasi qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaradi.