Tug‘ilish dinamikasi
- Tug‘ilganlar soni
- Tug‘ilish koeffitsienti
39 588 691
Aholi soni
O‘zbekiston mintaqadagi eng yosh va jadal sur’atlarda o‘sib borayotgan demografik ko‘rsatkichlardan biriga ega bo‘lib, biznes va investorlar uchun tobora kengayib borayotgan inson kapitalini shakllantirmoqda. Mamlakat aholisi 2023-yildagi 36 million kishidan 2026-yilda 39,5 million kishiga yetib, atigi uch yil ichida 2,7 milliondan ortiq kishiga ko‘paydi. Aholining qariyb 52 foizini 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi, bu esa O‘zbekistonda yosh mehnat resurslarining salmoqli ulushini ta’minlaydi. Mehnat resurslari soni qariyb 15,7 million kishini tashkil etib, har yili 600 mingdan ortiq yangi kadrlar mehnat bozoriga kirib kelmoqda. Shu bilan birga, kadrlar salohiyati izchil kengayib bormoqda: 2025/2026 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar soni 1,54 million nafarga yetib, bir yil avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 7,1 foizga oshdi va 2021/2022 o‘quv yiliga nisbatan qariyb ikki baravar ko‘paydi.
52%
Aholining 30 yoshgacha bo'lgan qismi
29,3 yil
Aholining o‘rtacha yoshi
15,7 mln
Ishchi kuchi soni
600 ming+
Yangi kadrlar
1,5 mln
OTM talabalari
O‘zbekiston mehnat bozori barqaror ijobiy dinamikani namoyish etmoqda. 2025-yilda bandlik darajasi o‘tgan yilgi 68,3 foizdan 70,5 foizga yetdi, ishsizlik darajasi esa 5,5 foizdan 4,8 foizga kamaydi. Shu bilan birga, oliy ta’lim bilan qamrov kengayishda davom etmoqda: 2024/2025 o‘quv yili boshiga kelib, u bir yil oldingi 45,9 foizga nisbatan 47,7 foizga yetdi. Savodxonlik darajasi 99 foiz darajasida saqlanib, malakali kadrlarni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
70,5%
bandlik darajasi
4,8%
ishsizlik darajasi
99%
savodxonlik darajasi
47,7%
oliy ta'lim bilan qamrov
Quyidagi ko‘rsatkichlar O‘zbekiston hududlarining demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va kadrlar salohiyatini aks ettiradi. Bo‘lim aholi soni, tug‘ilish va bandlik, ishsizlik darajasi, ishchi kuchi, shuningdek, hududlarning ta’lim salohiyati, jumladan, oliy ta’lim muassasalari va talabalar soni to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Oliy ta’lim O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari uchun kadrlar bazasini shakllantiradi va talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi. Mamlakatimizda sanoat, axborot texnologiyalari, muhandislik, tibbiyot, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor sohalar uchun keng ko‘lamli ta’lim dasturlarini taklif etuvchi va kadrlar salohiyatini shakllantiruvchi 205 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Mutaxassislik universitetlari va tegishli sohadagi ta’lim imkoniyatlari bilan tanishish uchun yo‘nalishni tanlang.
Muhandislik va texnik yo‘nalishlar bo‘yicha dasturlarni taklif etuvchi yetakchi universitetlar
O‘zbekistonda xalqaro ta’lim standartlari va mutaxassislar tayyorlashning zamonaviy dasturlaridan foydalanish imkonini beradigan xorijiy universitetlar va ularning filiallari faoliyat yuritmoqda.
30dan ortiq xalqaro universitetlar
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan universitetlarni ko‘rish uchun globusdan davlatni tanlang.



O'zbekistonda ishchi kuchining narxi hududlar va tarmoqlar bo'yicha farqlanadi. O'rtacha oylik ish haqi to'g'risidagi ma'lumotlar sizga hududlar va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari bo'yicha ish haqi darajasini taqqoslash imkonini beradi.
6,38mln so‘m
O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha ish haqi
mln so‘m
| Hudud | O‘rtacha oylik ish haqi |
|---|---|
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 5,00 mln so‘m |
| Andijon viloyati | 5,24 mln so‘m |
| Buxoro viloyati | 5,09 mln so‘m |
| Jizzax viloyati | 4,79 mln so‘m |
| Qashqadaryo viloyati | 4,48 mln so‘m |
| Navoiy viloyati | 7,87 mln so‘m |
| Namangan viloyati | 4,75 mln so‘m |
| Samarqand viloyati | 4,74 mln so‘m |
| Surxondaryo viloyati | 4,48 mln so‘m |
| Sirdaryo viloyati | 5,12 mln so‘m |
| Toshkent viloyati | 5,97 mln so‘m |
| Farg‘ona viloyati | 4,73 mln so‘m |
| Xorazm viloyati | 5,05 mln so‘m |
| Toshkent shahri | 10,75 mln so‘m |
Bandlik
O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Statistika
O'zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasi
Migratsiya
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi
Oliy ta'lim
O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Maktab ta'limi
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Yoshlar siyosati
O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi
Ochiq ma'lumotlar
Ochiq ma'lumotlar portali
Mamlakat sharhi
Jahon bankining O'zbekiston sharhi - 2026-yil