×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Toshkentda Shenchjen (Xitoy) tadbirkor ayollar uyushmasi ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi

Shenchjen tadbirkor ayollar uyushmasi raisi Chjao Sinchjuning boshchiligidagi Shenchjen (Xitoy) delegatsiyasi 22 dan 24 ga qadar O‘zbekistonda bo‘ladi. Delegatsiyaning tashrifidan maqsad savdo, sarmoya, turizm va madaniyat sohalarida hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat.

Joriy yilning 22-iyul kuni Toshkent shahrida ushbu delegatsiya ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi, undan koʻzlangan asosiy maqsad ayollar tadbirkorlar oʻrtasida keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirish uchun interaktiv platforma yaratish. 

Biznes-forumda O‘zbekiston Respublikasining Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi rahbari ishtirok etib, mamlakatimizning investitsiya salohiyati, Agentlikning xorijiy investorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyati bilan tanishtirdi.

Ma’lumot uchun: Shenchjen tadbirkor ayollar uyushmasi 1989 yilda tashkil etilgan. Bu Shenzhen ayollar federatsiyasi rahbarligida tashkil etilgan notijorat tashkilotidir. Hozirda assotsiatsiya 5 ta viloyat vakillaridan iborat 800 dan ortiq a’zoga ega, bular Bao’an, Longgang, Longhua, Pingshan, Shenzhen va Shantou viloyatlari.