×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

🇺🇿🇷🇺Joriy yilning 8-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Rossiya Federatsiyasiga tashrifi doirasida Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish boʻyicha ishchi guruhining birinchi yigʻilishida ishtirok etdi.

🟠Ishchi guruh yig‘ilishida tegishli vazirlik, idoralar, tarmoq birlashmalari rahbarlari ishtirokida ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalarini kengaytirish chora-tadbirlariga oid keng ko‘lamli masalalar ko‘rib chiqildi.

🟠O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari jadal rivojlanayotgani alohida ta’kidlanadi. O‘zaro savdo aylanmasi barqaror o‘sishi qayd etildi. Uning hajmi so‘nggi 7 yilda 2,5 barobar va joriy yil boshidan buyon 30 foizga oshdi.

🟠Tomonlar ikki davlat rahbarlari tomonidan 2030 yilgacha o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 30 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha belgilab berilgan maqsadga erishish uchun amaliy chora-tadbirlarni atroflicha ko‘rib chiqdilar.

🟠Tashrif dasturiga muvofiq Laziz Kudratov shu kunning o‘zida Butunrossiya tashqi savdo akademiyasiga (BTSA) tashrif buyurdi. Rektor Vittoriya Idrisova ta’lim muassasasida talabalarni sifatli tayyorlash uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi. ISSV va BTSA o‘rtasidagi hamkorlik dasturlarini amalga oshirish, xususan, Toshkent shahrida Akademiyaning filialini ochish hamda tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davom etmoqda.