×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Xalqaro “RIGA FOOD 2022” oziq-ovqat va ichimliklar ko’rgazmasida O‘zbekistonning ishtiroki

8-10-sentyabr kunlari Riga xalqaro koʻrgazma markazida eng yirik xalqaro “RIGA FOOD 2022” oziq-ovqat va ichimliklar koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda.

“RIGA FOOD 2022” – Boltiqbo’yi davlatlarining eng yirik oziq-ovqat ko’rgazmasi bo’lib, u butun sanoatning rivojlanishi, yangi mahsulotlarni namoyish etish, jiddiy va ishonchli soha vakillari bilan tanishish imkonini beradi.
Har yili ushbu ko’rgazmaga 20 mingga yaqin professional tashrif buyuruvchilar tashrif buyurishadi va 400 dan ortiq eksponentlar ishtirok etadilar.

Yangi imkoniyatlar eshiklarini ochayotgan ko‘rgazma yildan-yilga kengayib bormoqda va aynan ishtirokchi kompaniyalar mahsulotlarini ilgari surish hisobiga katta jahon miqyosida shuhrat qozonib kelmoqda.

Bu borada O‘zbekiston imkoniyatni boy bermayapti. “Made in Uzbekistan” milliy stendida mahsulotlar namoyish etildi
va xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarilgan, sifatli bo’lgani bois jiddiy qiziqish uyg’otishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag’batlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan stendda o‘zbekistonlik 20 nafar korxona qatnashdi.

Stendda turli xil mahsulotlar keng namoyish etiladi, xususan: qaymoqli
va qandolat mahsulotlari, sharbat va ichimliklar, makaron va un mahsulotlari, muzqaymoq va yarim tayyor mahsulotlar, dukkaklilar, quritilgan va yangi meva va sabzavotlar, bolalar va kattalar uchun tayyor nonushta, oshxona anjomlari.
Ko‘rgazma eksport uchun 
nafaqat Boltiqbo‘yi mamlakatlari, balki Yevropa Ittifoqi bozorlarida ham ishtirok etuvchi o‘zbek kompaniyalari uchun keng imkoniyatlarni ochadi .

Oʻzbekiston kompaniyalariga omad tilaymiz va xorijiy kompaniyalar bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyishni intiqlik bilan kutib qolamiz!

 

Manba: epauzb.uz