Yangiliklar

10-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Yapon–O‘zbek “Ipak yo‘li” jamg‘armasi (JUSRF) delegatsiyasi rahbari Yoshitsugu Minagava bilan uchrashuv o‘tkazdi.

1 daqiqalik o'qish

10-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Yapon–O‘zbek “Ipak yo‘li” jamg‘armasi (JUSRF) delegatsiyasi rahbari Yoshitsugu Minagava bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralarda, shuningdek, Sakura Global Holding, Sakura Seiki, JA Hokkaido Central Union va boshqa Yaponiya tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, infratuzilma, sog‘liqni saqlash, sanoat, ta’lim va turizm sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, ularga Yaponiya kompaniyalarini jalb etish masalalarini muhokama qildi.
Tibbiy ta’limni rivojlantirish, universitet klinikasini tashkil etish, Samarqanddagi maxsus iqtisodiy zona loyihasida Yaponiya biznesining ishtirokini ta’minlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar 2024-yil iyul oyida imzolangan Anglashuv memorandumi doirasida hamkorlikni davom ettirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishga tayyor ekanliklarini tasdiqladi.

Shikoyat yoki takliflaringiz bormi?

Bu yerda tizim haqida fikr qoldirishingiz yoki shikoyat qilishingiz mumkin