Yangiliklar

12-oktabr kuni Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratovni qabul qildi.

1 daqiqalik o'qish

12-oktabr kuni Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratovni qabul qildi.

Uchrashuv davomida Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazib, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor uchun minnatdorlik bildirdi.

Tomonlar savdo va investitsiyalarni kengaytirish, jumladan, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 mlrd dollarga yetkazish, korxonalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish hamda o‘zaro yetkazib berish shartlarini takomillashtirish masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Bundan tashqari, transport-logistika sohasidagi hamkorlik, O‘rta koridor bo‘ylab aloqalarni mustahkamlash, qator tarmoqlarda qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish hamda o‘zaro manfaatli boshqa masalalarga e’tibor qaratildi.

Shikoyat yoki takliflaringiz bormi?

Bu yerda tizim haqida fikr qoldirishingiz yoki shikoyat qilishingiz mumkin