Yangiliklar

Anqarada Savdo bo‘yicha O‘zbekiston – Turkiya ishchi guruhining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston tomonidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi departamenti boshlig‘i I. Abdurahmonov, Turkiya tomonidan esa Turkiya Savdo vazirligi departamenti boshlig‘i H. Dilemre ishtirok etdi.

1 daqiqalik o'qish

Tomonlar o‘zaro savdo hajmini 5 mlrd dollarga yetkazish, tarif va notarif to‘siqlarni bartaraf etish, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika mahsulotlari va yengil sanoat tovarlarining bozorlarga kirishini yengillashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlik sertifikatlarini o‘zaro tan olish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Elektrotexnika mahsulotlari savdosi masalalari bo‘yicha texnik ishchi guruh tuzish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Eksportchilar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida Preferensial savdo to‘g‘risidagi bitimni kengaytirish masalalari yuzasidan maslahatlashuvlar o‘tkazildi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha bayonnoma imzolandi. Shuningdek, Anqarada bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida preferensial savdo to‘g‘risidagi bitimni kengaytirishga oid hujjatni imzolash masalasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shikoyat yoki takliflaringiz bormi?

Bu yerda tizim haqida fikr qoldirishingiz yoki shikoyat qilishingiz mumkin