📢 E’LON

Hurmatli yoshlar!

Davlatimiz Rahbari tomonidan joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan muloqotda belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida davlat organlari va tashkilotlarida har payshanba kuni “Yoshlar kuni” o‘tkazib kelinmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida, “Mustaqillikning 35 yilligi – Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” shiori ostida Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi tomonidan “Mening ko‘ngillilik hikoyam” tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlov yoshlar o‘rtasida ko‘ngillilik faoliyatini ommalashtirish, fuqarolik faolligini rivojlantirish hamda jamiyatdagi ijobiy o‘zgarishlarga xizmat qiluvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

🔹 Tanlov shartlari

Tanlovda 18 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan yoshlar va volontyorlar ishtirok etishlari mumkin.

Ishtirokchilarga quyidagi mavzular bo‘yicha o‘z hikoyalari bilan o‘rtoqlashish taklif etiladi:

  • ko‘ngillilik faoliyatidagi shaxsiy tajribalari;
  • amalga oshirilgan ijtimoiy loyihalar va tashabbuslar;
  • jamiyat hayotidagi ijobiy o‘zgarishlarga qo‘shgan hissalari;
  • ko‘ngillilik faoliyati orqali egallangan bilim, ko‘nikma va qadriyatlar.

Tanlov materiallari matn yoki video shaklida taqdim etilishi mumkin.

📅 Materiallar 2026-yil 27-iyun kuni soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi. Ishlarni quyidagi havola orqali joylashtirish lozim:

https://drive.google.com/drive/folders/1MXVif7OQwnjyRKwVIuKO24bRZV3IThnE?usp=drive_link

Belgilangan muddatdan kech taqdim etilgan materiallar tanlovga qabul qilinmaydi.

🔹 Baholash mezonlari

Tanlov komissiyasi ishlarni quyidagi mezonlar asosida baholaydi:

  • tanlov mavzusiga muvofiqligi;
  • mavzuning to‘liq va chuqur yoritilganligi;
  • mualliflik yondashuvining o‘ziga xosligi va ijodkorlik;
  • taqdim etilgan hikoyaning ijtimoiy ahamiyati;
  • fikrlarning mantiqiyligi va izchilligi;
  • savodxonlik va nutq madaniyati.

🏆 G‘oliblarni taqdirlash

Tanlov yakunlariga ko‘ra uch nafar g‘olib aniqlanadi. G‘oliblar biznes, yetakchilik va shaxsiy rivojlanish yo‘nalishlaridagi kitoblar hamda Agentlik diplomlari bilan taqdirlanadi.

G‘oliblar belgilangan baholash mezonlari asosida tanlov komissiyasi tomonidan aniqlanadi.

Agar ko‘ngillilik hayotingizning muhim qismiga aylangan bo‘lsa va boshqalar bilan bo‘lishishga arzigulik hikoyangiz bo‘lsa, uni biz bilan ulashing. Balki aynan sizning hikoyangiz boshqalarga ezgu ishlarga ilk qadam qo‘yish uchun ilhom bag‘ishlar.