Biz Tahlil va tadbirlarni tashkil etish bo‘limining bosh mutaxassislarini izlayabmiz. Nomzodlar xalqaro hamkorlar bilan ishlash, ishbilarmonlik tadbirlarini tashkil etish, tahliliy materiallar tayyorlash hamda xorijiy delegatsiyalarni kuzatib borish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.

 

Asosiy vazifalar:

 

• O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy delegatsiyalar uchun tashrif dasturlarini tayyorlash;

• Biznes-forumlar, konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va road-show tadbirlarini tashkil etish;

• O‘zbekistonda va xorijda investitsiya tadbirlarini o‘tkazishga ko‘maklashish, jumladan taqdimot va tarqatma materiallarni tayyorlash;

• Tadbirlar samaradorligini baholash uchun hisobotlar va tahliliy materiallar tayyorlash;

• Xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash va yangi hamkorlik imkoniyatlarini izlash;

• Turli marketing va kommunikatsiya materiallarini tayyorlash;

• Toshkent shahri va respublika hududlarida rasmiy xorijiy delegatsiyalarni kuzatib borish.

 

Talablar:

 

• Iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar, menejment yoki unga yaqin yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish;

• Tegishli sohada kamida 2 yillik ish tajribasi;

• Davlat tili, rus va ingliz tillarini bilish;

• Microsoft Office hamda zamonaviy raqamli vositalardan ishonchli foydalanish;

• E’tiborli, mas’uliyatli, muloqotga kirisha oladigan va jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish.

 

Ariza topshirish uchun quyidagi havola orqali o‘ting: https://vacancy.gov.uz/hrm-vacancy-list?search=&regionSoato=10&districtId=1009&organizationId=14650&civilServant=1