2025 yil 18–19 noyabr kunlari Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetida “Think Road Forum 2025” bo‘lib o‘tdi. Tadbir Xalqaro Tadqiqotlar Instituti tomonidan Jahon Banki ko‘magida tashkil etildi. Tadbirning maqsadi — mintaqaviy hamkorlikning o‘zgarishi, iqlimiy muammolar va global iqtisodiyotning transformatsiyasi sharoitida Markaziy Osiyoni barqaror rivojlantirish bo‘yicha amaliy yondashuvlarni muhokama qilishda muhim maydon bo‘ldi.

 

Forum davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, akademik muassasalar, ishbilarmon doiralar va ekspertlar hamjamiyati vakillarini birlashtirdi. Forum doirasida ishtirokchilar mintaqaviy hamkorlik, iqtisodiy geografiya o‘zgarishlari, energetika, suv resurslarini boshqarish, ta’lim, raqamlashtirish hamda mehnat bozorlarini rivojlantirish masalalari bo’yicha muhokamalar o’tkazishdi.

 

Forum doirasida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyoning barqaror iqtisodiy rivojlanishi” panel sessiyasida Xorijiy Investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori v.b. Mansurjon Rasulev ta’kidlaganidek, O‘zbekiston 2024-yilda YaIM o‘sishi 6,5%ni tashkil etib, barqaror makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni namoyon qilmoqda. Mintaqaviy chaqiriqlar — infratuzilmani modernizatsiya qilish zaruriyati va ta’minot zanjirlarini mustahkamlash kabi — kuchayayotgan sharoitda, mamlakat uchun ustuvor vazifa investorlar uchun oldindan ko‘rinadigan, oshkora va qulay muhit yaratish ekanligi qayd etdi. Bunda investitsiyalardan keyingi qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, xususan, Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘yicha Hukumat komissiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi faoliyati muhim ahamiyatga ega. Rasulevning so‘zlariga ko‘ra, aynan shu mexanizmlar tufayli mamlakatda xorijiy kompaniyalar uchun biznes yuritish sharoitlari yaxshilangan va ma’muriy to‘siqlar kamaygan.

 

Forum Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishi va mintaqaviy hamkorlik imkoniyatlari bilan bog‘liq tahliliy baholar va amaliy takliflar almashish uchun muhim maydon bo‘ldi.