Yangiliklar

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi va Janubiy Koreyaning KCC Corporation kompaniyasi o‘rtasida avtomobil bo‘yoqlari ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi

1 daqiqalik o'qish

2025-yil 15-iyul kuni Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi Janubiy Koreyaning yetakchi sanoat kompaniyalaridan biri KCC Corporation bilan avtomobil bo‘yoqlari ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzoladi.

Loyiha doirasida yillik 335 tonna avtomobil bo‘yoqlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Shu yil oxirigacha loyihaning birinchi bosqichi to‘liq ishga tushishi kutilmoqda.

Tomonlar, shuningdek, loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida zarur hujjatlarni tayyorlash, malakali mutaxassislarni jalb qilish va davlat hamda xususiy sektor vakillari bilan uchrashuvlar va muzokaralarni tashkil etishda o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Ma’lumot uchun: Agentlik va KCC Corporation o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv 2025-yil 10-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi ko‘magida bo‘lib o‘tgan edi. Mazkur uchrashuvdan so‘ng kompaniya O‘zbekistonda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlagan.

Shikoyat yoki takliflaringiz bormi?

Bu yerda tizim haqida fikr qoldirishingiz yoki shikoyat qilishingiz mumkin