Toshkentda “Silk Road” O‘zbekiston–Gruziya biznes ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 8–9-oktabr kunlari Toshkent shahrida Gruziya Savdo assotsiatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi hamkorligida “Silk Road” xalqaro biznes ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Mazkur tadbir davlat idoralari, biznes hamjamiyati vakillari va xalqaro tashkilotlarni birlashtirib, axborot texnologiyalari, qurilish, sog‘liqni saqlash, konsalting va turizm yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi 40dan ortiq Gruziya kompaniyasi ishtirok etdi.
Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori v.b. Mansurjon Rasulev mamlakatimizning investitsiyaviy muhitiga bag‘ishlangan taqdimot bilan chiqdi va o‘z nutqida O‘zbekistonning Gruziya bilan savdo-iqtisodiy hamkorligini yanada kengaytirishga tayyor ekanligini ta’kidladi.
Biznes ko‘rgazma B2B muzokaralari bilan yakunlandi.