2025-yil 31-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston-Finlandiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ikki mamlakatning 100 dan ortiq hukumat va ishbilarmon vakillari ishtirok etdi.

Forumni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev va Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb ochib berdi. Ular o‘z nutqida axborot texnologiyalari, energetika, shaharsozlik hamda oziq-ovqat sanoati sohalarida hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladilar.

Tadbir yakunida o‘zaro hamkorlik va qo‘shma loyihalar amalga oshirish yuzasidan konchilik sanoati, qishloq xo‘jaligi, ekologiya, farmatsevtika va energetikasi sohalarida anglashuv memorandumlari imzolandi.