×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Hurmatli tadbirkorlar!

2024-yil 22-23-avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston – Ozarbayjon biznes-forumi hamda “Made in Azerbaijan” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ro‘yxatdan o‘tish 22-avgust kuni soat 9:00 dan 10:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi. Sizni ushbu muhim tadbirda ishtirok etishga mamnuniyat bilan taklif etamiz!

✍️ Forum ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, sohalarda kooperatsiyani rivojlantirish, sarmoya jalb etish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilmoqda. Mazkur forum biznes vakillari o‘rtasida savdoni kengaytirish, tajriba almashish va yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish yo‘llarini muhokama qilish uchun platforma yaratadi. Ushbu biznes-forum bilan birgalikda Ozarbayjon Respublikasi mahsulotlari ko‘rgazmasini ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Toshkent shahar “O‘zekspomarkaz”, “Toshkent” zali (Yunusobod tumani, A. Temur shoh ko‘chasi, 107).

Ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash, innovatsion g‘oyalar almashish va uchrashuvlar tashkil etishni maqsad qilgan o‘zbek va ozarbayjon tadbirkorlari uchun guruh (https://t.me/uzbek_azerbaijan_entrepreneurs). (https://t.me/uzbek_azerbaijan_entrepreneurs)

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun:
+998 94 649-59-37
+998 71 202-02-10 (303)