×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Sizlarni 2024-yil 17-iyul kuni “Tashkent City, Hilton” mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Qirg‘iziston biznes-forumida ishtirok etishga mamnuniyat bilan taklif etamiz!

Forumda 100 dan ortiq yirik qirg‘iz kompaniyalari rahbarlari ishtirok etadi. Tadbir dasturi iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan munozaralar va sessiyalarni o‘z ichiga oladi.

Siz Qirg‘izistonlik hamkasblaringiz bilan kelgusidagi hamkorlik va sheriklik istiqbollarini muhokama qilishingiz, foydali aloqalar o‘rnatishingiz va o‘zaro manfaatli shartnomalar tuzishingiz mumkin bo‘ladi.

Biznes-forumda ishtirok etish uchun havolada (Havolaga o’tish) ko‘rsatilgan shaklni to‘ldirishingizni so‘raymiz. (https://forms.gle/jDbtkEg2G436cqzy7)

Ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash, innovatsion g‘oyalar almashish va uchrashuvlar tashkil etishni maqsad qilgan o‘zbek va qirg‘iz tadbirkorlari uchun guruh.

Guruhga qo’shilish