×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Joriy yilning 13-iyun kuni Toshkent shahrida kapital bozorini rivojlantirish va Xalqaro moliya-texnologik markazini tashkil etish hamda “Muqobil investitsiyalar toʻgʻrisida”gi qonunni ishlab chiqish boʻyicha Ishchi guruhlarning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

🟠Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi doirasida YeTTB va XMK koʻmagida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT-Park bilan hamkorlikda tashkil etildi.

🟠Uchrashuv davomida 2024-yilga moʻljallangan texnologiya kompaniyalarini jalb qilishga urgʻu berilgan holda Xalqaro moliya-texnologik markazini tashkil etish boʻyicha Strategik rejaning ustuvor vazifalari muhokama qilindi. Asosiy eʼtibor Markaz faoliyati toʻgʻrisidagi qonunni ishlab chiqish va qabul qilish, investorlar uchun shart-sharoit yaratish, Markaz faoliyatini targʻib qilish va jahon miqyosida Oʻzbekistonning investitsiyviy jozibadorligini yuksaltirish masalalariga qaratildi. Shuningdek, korporativ boshqaruv va shartnomaviy munosabatlarni tartibga solish nuqtai nazaridan investorlar uchun huquqiy muhitni rivojlantirish, milliy moliya bozorini modernizatsiya qilish masalalari ham muhokama qilindi.

🟠Yig’ilishda ishlab chiqilgan konstruktiv takliflar Ishchi guruhlar tomonidan kelgusida hayotga tatbiq qilish uchun qabul qilindi.