×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

9-sentabr kuni Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligiga Polshaning Lubinsk voevodeligi xalq deputatlari viloyat kengashi raisi Myeshislav Riba boshchiligidagi delegatsiya vakillari tashrif buyurdi.

Uchrashuvda Agentlik vakillari, Polsha rasmiylari va qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari, farmatsevtika va turizm kabi sohalaridagi Polsha biznes vakillarii ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekistondagi ijobiy investitsion muhit, mamlakatimizning jadal rivojlanib borayotganligi, investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar ta’kidlandi. O‘zbekiston ayni paytda investitsiya va savdoning o’sib borayotganini  ta’kidladilar. Oʻzbekiston va Polsha oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar sonining koʻpayishi yaqqol misol bo’la oladi.

Polsha tomoni qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari, farmatsevtika va turizm sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi. Delegatsiya aʼzolari ushbu sohalarda tajriba va bilim almashish hamda innovatsion yechimlar va ilgʻor tajribalar ustida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Muzokaralar yakunida, Polsha va O‘zbekiston, iqtisodiyot, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlikni kengaytirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligini bildirishdi. Har ikki davlat nafaqat oʻzaro sarmoyaviy va savdo aloqalari oʻsishiga, balki madaniy almashinuvni chuqurlashtirishga ham hissa qoʻshishi mumkin boʻlgan yangi tashabbuslar ustida ishlashga tayyorligini bildirdi.