Hurmatli, investorlar va tadbirkorlar!!!
Farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentliga va “Asaka bank” AJ tomonidan farmatsevtika sanoatida 56 ta istiqbolli investitsiya loyihalari taklif etilmoqda.
Ushbu loyihalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va imtiyozli kreditlar ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Imtiyozli kreditlarning shartlari quyidagicha:
Tadbirkorlar uchun xorijiy ilg‘or texnologiyalarni jalb qilishga yo‘naltirilgan, innovatsion dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ishlab chiqarishga mo‘ljallangan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida 100 million AQSH dollari miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.
Agar sizda ushbu loyihalarni amalga oshirish yuzasidan qiziqishingiz bo‘lsa, qo‘shimcha ma’lumot olishingiz yoki ariza berishingiz mumkin.
Loyihalar royxati bilan tanishish va ma’lumotlar olish uchun https://invest.gov.uz/uz/investor/credit_lines
Loyihaga xorijiy inestorlarni jalb etish yuzasidan murojaat qoldirish uchun Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi uzipa@invest.gov.uz
Bog’lanish uchun telefon raqamlari: +998 (71) 202-02-10 (500)
Kredit olish yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot olish yoki ariza berish uchun: “Asaka bank” AJ office@asakabank.uz
Bog’lanish uchun telefon raqamlari: +998781476565 (1558)
Другие новости и события
Invest.gov.uz инвестицион порталининг ҳар қандай материаллари (такрор ишлаб чиқариш, нашр этиш, нусха олиш, қайта чоп этиш, тарқатиш, таржима қилиш, телекўрсатув, қайта ишлаш ва бошқа тарқатиш усуллари) - биринчи манба ва порталнинг ҳаволаси кўрсатилмаган ҳолда ишлатилиши қатъиян тақиқланади!