×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlar Hududlari rahbarlari forumi bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 3-4 avgust kunlari Toshkentda O‘zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik qilishi doirasida Hududlar rahbarlari forumi bo‘lib o‘tadi.

Forumning asosiy maqsadi SHHTga aʼzo davlatlar eʼtiborini turizm, madaniyat va qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish masalalariga jalb etishdan iboratdir.

Ikki kunlik tadbir dasturi yalpi majlis va uchta panel munozaralari, shuningdek, Tashkilotga aʼzo mamlakatlar ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan biznes-forumni o‘z ichiga oladi.

Panel munozaralarida ishtirokchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma yuqori texnologik loyihalar, qishloq xo‘jaligi sohasida, shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish, shuningdek turizm va transport logistikasi sohasidagi hamkorlikka eʼtibor qaratiladi.

Hududlar rahbarlari forumi SHHTga aʼzo mamlakatlarga mintaqani yana-da rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini har tomonlama ko‘rib chiqish imkonini beradigan muloqot platformasi vazifasini bajaradi.

 

Manba: mift.uz