×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Joriy yilning 13-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Italiyaning ESG GROUP kompaniyasi hammuassisi Simone Boschetti va kompaniya boshqaruvi raisining maslahatchisi Gaetano Crisci boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

🟠Suhbatda Italiyaning yetakchi kompaniyalarini jalb etgan holda O‘zbekiston hududlari infratuzilmasini rivojlantirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

🟠Shuningdek, Oʻzbekistonda Italiyaning yetakchi universitetlari va Italiyada Oʻzbekiston universitetlarining filiallarini ochishni nazarda tutgan holda oliy taʼlim sohasida aloqalarni oʻrnatish istiqbollari ham koʻrib chiqildi.

🟠Muzokaralar yakuniga koʻra tomonlar kelgusida hamkorlik qilish shakllarini kelishib oldilar va muhokama qilingan loyiha va tashabbuslarni hayotga tatbiq qilish bosqichlarini belgilab oldilar.