×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Hindiston investorlari bilan muzokaralar olib borildi

O’zbekiston hukumati delegatsiyasining Hindistonga tashrifi doirasida Dehli shahrida O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev investorlar, yirik kompaniyalar vakillari bilan bir qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o’tkazdi. Jumladan, «Indorama Industries» direktori Prakash Kejrival hamda «Adani Group» Bosh ijrochi direktori Sudipta Bhattachariya bilan o’zaro manfaatli masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvlar norasmiy xarakterga ega bo’lib, yangi loyihalar, dolzarb masalalar va qator yo’nalishlar bo’yicha hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini samarali muhokama qilish imkonini berdi.

 

Manba: mift.uz