×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

UZEX BAA bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining BAAdagi vakolatxonasi tomonidan Dubay ko’p tarmoqli tovar va xomashyo markazi (DMCC) rahbariyati bilan O’zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi (UZEX) vakillari ishtirokida muzokaralar tashkil etildi. Hamkorlikni yo’lga qo’yish masalalari, xususan, “UZEX” platformasi samaradorligini oshirish maqsadida “DMCC”ning ilg’or tajribasini qo’llash, shuningdek, BAA bozorida “UZEX” savdo platformasini yaratish masalalari muhokama qilindi. Hamkorlikning amaliy bosqichlarini boshlash maqsadida “UZEX” delegatsiyasining yaqin kunlarda BAAga tashrifini tashkil etish bo’yicha kelishuvlarga erishildi.

 

Manba: mift.uz