×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri BMT Bosh kotibining o‘rinbosarini qabul qildi

Joriy yilning 5 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Birlashgan Millatlar tashkiloti bosh kotibining o’rinbosari, Jenevadagi BMT bo’limi Bosh direktori Tatyana Valovani qabul qildi.

Muzokaralar chog’ida O’zbekiston va BMT o’rtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Vladimir Norov O’zbekiston BMT va uning institutlari bilan har tomonlama va o’zaro manfaatli hamkorlikka katta e’tibor qaratayotganini ta’kidladi.

Bugungi kunda mamlakatimiz BMT ishida faol ishtirok etayotgani, dolzarb global va mintaqaviy masalalarni hal etish bo’yicha muhim xalqaro tashabbuslarni ilgari surayotgani qayd etildi.

BMT bosh kotibining o’rinbosari O’zbekistonning xalqaro maydonda, birinchi navbatda, BMT doirasidagi faolligi ortib borayotganini, shuningdek, Jahon hamjamiyatining mamlakat rahbariyatining global va mintaqaviy tashabbuslarini keng qo’llab-quvvatlashini alohida ta’kidladi.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari bo’yicha munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish, inson huquqlarini ta’minlash, gender tengligi, yoshlarni qo’llab-quvvatlash masalalari ko’rib chiqildi.

Muzokaralar davomida Orol dengizidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish sharoitida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, iqlim o’zgarishiga qarshi kurashish va atrof-muhitni muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratildi.

 

Manba: uzdaily.uz