×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi investorlarga xizmat ko’rsatish dasturini amalga oshirishda Xalqaro Moliya korporatsiyasi bilan hamkorlik qilmoqda

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligida Xalqaro Moliya korporatsiya (IFC) delegatsiyasi bilan O’zbekiston Respublikasida investorlarga xizmat ko’rsatish dasturini amalga oshirishda yanada kelgusidagi hamkorlik masalalari bo’yicha uchrashuv bo’lib o’tdi.

Agentlik direktori Murat Mirzayev hamkorlikni davom ettirish va investorlarga xizmat ko’rsatish dasturini amalga oshirishga qiziqish bildirdi. O’z navbatida, IFC loyihasi rahbari Emil Abdikalykov Agentlik IFC bilan 2022 yildan beri muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelayotganini ta’kidladi. Uchrashuv davomida investorlarga xizmat ko’rsatish dasturini amalga oshirishda ishlash rejalari muhokama qilindi.

IFC Agentlik xodimlari uchun investorlarga xizmat ko’rsatish dasturi bo’yicha uch kunlik trening tashkil etdi. Treningni investitsiyalarni rag’batlantirish bo’yicha xalqaro konsultanti Janob Robert Hejzak olib bordi. Trening davomida xorijiy investorlarga xizmat ko’rsatishda asosiy tamoyillari, investitsiyalarni jalb qilishda agentliklarning maqsad va vazifalari, uchrashuvlar o’tkazish va xorijiy investorlar to’g’risida ma’lumot to’plash metodikasi tushuntirildi. Shuningdek, IFC tomonidan ishlab chiqilgan xorijiy investorlarni kuzatib borish bo’yicha ma’lumotlar bazasi taqdimoti va muhokamasi bo’lib o’tdi.

Treningning amaliy qismida “Angren” EIZda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuvlarda xorijiy investorlar faoliyatida duch kelayotgan va ularning faoliyatini kengaytirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar o‘rganildi.

Trening yakunida xorijiy investorlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi va kelgusidagi ishlar rejalari belgilab olindi.