×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

O‘zbekiston delegatsiyasi Janubiy Koreyaning Chungcheongbuk-do provinsiyasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

“Vatandoshlar” jamoat fondi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasining Janubiy Koreyaga amaliy tashrifi doirasida Chungcheongbuk-do provinsiyasi rahbari Kim Yon Xvan bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda iqtisodiyot, innovatsiyalar va turizm sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq munosabatlar, xususan, O‘zbekiston fuqarolarini mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb etish istiqbollari o‘rganildi.

Chungcheongbuk-do provinsiyasi vakillari O‘zbekiston fuqarolarini vaqtinchalik mehnatga jalb qilish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha Chungcheongbuk-do provinsiyasi bilan oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarda hamkorlikni rivojlantirish, ikki davlatning tegishli tashkilotlari oʻrtasida uchrashuv va tashriflar tashkil etish, turli sohalarda Oʻzbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

 

Manba: dunyo.info