×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

“Masdar” kompaniyasi O‘zbekistonni strategik bozor deb hisoblaydi va bunga bir qancha asosli sabablar bor

Birlashagan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi Moliyaviy masalar bo‘yicha direktori Nail Xannigan O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, kompaniya loyihalari va ularning istiqbollari haqida intervyu berdi.

“Masdar” kompaniyasi O‘zbekistonni strategik bozor sifatida ko‘radi. O‘zbekistonga e’tibor qaratganimizning sababi, Davlat rahbari 2030 yilgacha 25 foizdan ortiq energiyani qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olish uchun aniq strategiya va kuchli ambitsiyaga ega.

Shu bilan birga, sohadagi mustahkam normativ-huquqiy baza — xorijiy investorlarning mamlakatingizga ishonchini kuchaytirmoqda.

Uchinchi sabab, loyihalarning Xalqaro moliya institutlari, jumladan Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki tomonidan qo‘llab-quvvatlanishidir.

Hozirda O‘zbekistonda 5 ta loyihani amalga oshiryapmiz. Kelajakda tenderlarda faol ishtirok etib, yanada ko‘proq hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirmoqchimiz. Shu bilan birga, 5 ta mavjud loyihalarni kengaytirmoqchimiz.

“Nur Navoiy”* — O‘zbekistondagi ilk loyihamiz bo‘lgan. Qayta tiklanuvchi energiya sohasida O‘zbekistonda birinchilardan ekanimizdan faxrlanamiz.

Hamkorligimiz uzoq muddatli bo‘lishini istaymiz, bir yil yoki ikki yil emas. Kamida 25-30 yillik rejalarimiz bor.

“Nur Navoiy” loyihasi orqali O‘zbekiston bozoriga kirdik. Hamkorlik o‘rnatdik va u taraqqiy etib boryapti.

Bu yerda umumiy quvvati qariyb 1500 MVt bo‘lgan 5 ta loyihani amalga oshiryapmiz. Lekin O‘zbekiston o‘z oldiga kattaroq marralarni qo‘ygan. Shu sababli qisqa emas, uzoq muddatli loyihalarni birgalikda amalga oshirmoqchimiz.

Buning uchun davlat tomonidan barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bu esa, biz kabi investorlar uchun O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshiradi. O‘zbekiston bilan uzoq yillik hamkorlikning tarafdorimiz”.

Manba: minenergy.uz