O‘zbekiston elchisi Javlon Vaxabov Manhattan va El Segundo (Kaliforniya, Aqsh) shahar hokimlari Richard Montgomeri va Dryu Boylz bilan uchrashdi.
Amerika tomoniga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, shaharsozlik sohasida yerishilgan yutuqlar, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Aqsh hududlarining O‘zbekiston bilan sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, amerikalik investorlarning mamlakatimiz bozoridagi tadbirkorlik faolligini oshirishdan manfaatdor yekanligiga alohida ye’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida Manhetten meri Richard Montgomeri O‘zbekiston bilan mintaqalararo hamkorlikni kengaytirish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi va hamkorlikning bunday shakli shaharsozlik sohasida ilg‘or tajribalarni yanada samarali o‘rganish va almashish imkonini berishini ta’kidladi. U kinematografiya sohasidagi o‘zbek kompaniyalari va o‘z shahridagi shu kabi kompaniyalar, xususan, “Manhattan Beach Studios” (video prodyuserlik xizmati) o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.
El Segundo shahri, o‘z navbatida, o‘nlab Fortune 500 kompaniyalari joylashgan va ayerokosmik sanoatning jahon poytaxti sifatida tan olingan. Shuningdek, biologiya fanlari, axborot texnologiyalari va yenergetikaga ixtisoslashgan kompaniyalar mavjud.
Suhbat chog‘ida Amerika tomoni O‘zbekiston kompaniyalari bilan yelektromobillar ishlab chiqarish, kosmik va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.
Aqshning Kaliforniya shtati shahar hokimlari bilan uchrashuv yakunida sanoatning turli sohalarida aloqalar o‘rnatish, bir qator onlayn muzokaralar va ikki mamlakat vakillarining o‘zaro tashriflarini tashkil yetish bo‘yicha kelishuvga yerishildi.
Manba: dunyo.info
Другие новости и события
(Русский) Любое использование (воспроизведение, опубликование, копирование, перепечатывание, распространение, перевод, передача в эфир, переработка и другие способы распространения) материалов Инвестиционного портала - Invest.gov.uz, без указание первоисточника и ссылки на Портал строго запрещено!