×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Olmaotada SPEKA iqtisodiy forumi bo’lib o’tdi

Joriy yilning 16-17-noyabr kunlari Olmaotada BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi ko’magida chaqirilgan BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPECA) iqtisodiy forumi bo’lib o’tdi.

Bevosita va onlayn tarzda o’tkazilgan ushbu tadbirda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O’zbekistonning boshqa vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etdi.

Forumning faoliyati COVID – 19 pandemiyasidan keyin iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy o’zgarishlar va SPEKA mintaqasida barqaror o’sish, barqaror energiya almashinuvi, raqamli transformatsiya, gender tengligi, ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish va boshqa sohalar kabi ustuvor yo’nalishlar bo’yicha hamkorlik strategiyasini ishlab chiqishga qaratildi.

Yuqori darajadagi yalpi majlisda O’zbekiston delegatsiyasi SPECA dasturi doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalar, shuningdek, iqtisodiyotni raqamli transformatsiya qilish, tashqi savdoni diversifikatsiya qilish, muqobil energetikani rivojlantirish, atrof-muhitni yaxshilash, gender tengligi, mintaqaviy va mintaqalararo o’zaro bog’liqlik, “Xitoy – Qirg’iziston – O’zbekiston”, “Termiz – Mozori–Sharif – Kobul – Peshavor – Karachi”, “O’zbekiston – Turkmaniston – Eron – Hindiston” xalqaro transport yo’laklarini rivojlantirish va mustahkamlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar to’g’risida taqdimot o’tkazib berdi.

Forum yakunlari bo’yicha muhokama qilingan masalalar doirasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan aniq qarorlar qabul qilindi.

Izoh: SPECA-BMTning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon Respublikasi mamlakatlari uchun maxsus dasturi.

 

Manba: mift.uz