×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

🇺🇿Joriy yilning 11-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Rothschild & Cie Bank boshqaruvchi direktori, baronessa Ariel Mollard de Rotshild bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🟠Uchrashuvda qoʻshma investitsiya loyihalarini ishlab chiqishning amaliy jihatlari hamda bank-moliya sohasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

🟠Jumladan, keng tanlov va raqobat muhitida davlat korxonalarini kompleks transformatsiyalash va xususiylashtirishga qadar tayyorlash jarayoni koʻrib chiqildi.

🟠Uchrashuv yakunida istiqbolli loyihalarga investorlarni jalb etish boʻyicha ishlarni faollashtirishga kelishildi.