×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Amerikaning “Kimberly-Clark” korporatsiyasi bilan sarmoyaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 3 fevral kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi hamda Kimberly-Clark korporatsiyasi o‘rtasida kompaniya faoliyatini kelgusi besh yil ichida kengaytirishni istiqbolli amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzoladi.

Tadbirda agentlik tomonidan Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori Ulugbek Kasimxodjayev, Kimberli-Klark tomonidan esa kompaniya bosh menejeri Sibel Demir ishtirok etdi.

Imzolangan hujjatda sog‘liqni saqlash va gigiyena sohasida investitsiya va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha har bir tomonning aniq vazifalari belgilab berilgan. Ushbu hamkorlikning muvaffaqiyati O‘zbekistonning iqtisodiy yuksalishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va yosh qizlarning ayollar salomatligi, onalik va bolalik g‘amxo‘rligi haqidagi bilimlarini oshiradi.

Ma’lumot uchun: Kimberli-Klark 1872 yilda AQShning Viskonsin shtati Nina shahrida Jon Kimberli va Charlz Klark tomonidan asos solingan. Korporatsiya sog’liqni saqlash, shaxsiy, kasbiy va sanoat gigienasi uchun mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha yetakchilardan biri hisoblanadi. Kompaniyaning bosh qarorgohi Irvingda (Texas) joylashgan.