×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti ochildi

Bugun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar institutining rasmiy ochilishiga bag‘ishlangan taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Tashqi ishlar, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirliklari, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik missiyalar va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari, yetakchi davlat va xususiy kompaniyalar, ommaviy axborot vositalari vakillari, JIDU professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

 Marosimdan ko‘zlangan maqsad vazirlik va idoralar, ilmiy markazlar, diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar va yirik kompaniyalar vakillarini institut va uning markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, mazkur muassasa mutaxassislari bilan dolzarb sohalar va muhim yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

 

Manba: dunyo.info