×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Rossiyaga yaqinlashish, Xitoy — asosiy yetkazib beruvchi. 2022 yilda O‘zbekiston tashqi savdosi qanday o‘zgardi?

Rossiya O‘zbekistonning asosiy savdo sherigi sifatidagi o‘rnini mustahkamladi, Xitoy ikkinchi o‘rinda qoldi, biroq import bo‘yicha RFdan yetakchilikni qo‘lga oldi. Shu bilan birga, Rossiya bozori o‘zbek eksportchilari uchun yanada jozibador bo‘ldi, Turkiyaga yetkazib berish esa kesin kamaydi.

2022 yilda Rossiya O‘zbekistonning asosiy savdo sherigi sifatidagi o‘rnini mustahkamladi. Bunga prezident huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari guvohlik bermoqda.

import, tashqi savdo aylanmasi, eksport

import, tashqi savdo aylanmasi, eksport

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi asosiy hamkor-davlatlar dinamikasi (2022 yil yanvar-dekabr uchun mln AQSh dollari). Manba: Statistika agentligi.

Rossiya bilan savdo aylanmasi 22,9 foizga oshib, 9,28 mlrd dollarni tashkil etdi. RFga eksport hajmi 46,8 foizga (2021 yilda o‘sish 33,4 foizni tashkil etgan) o‘sib, 3,07 mlrd dollarga, import esa 13,7 foizga oshib, 6,2 mlrd dollarga yetdi.

Xitoy 8,92 mlrd dollar (+19,7 foiz) tovar ayirboshlash, 2,5 mlrd dollar eksport, 6,4 mlrd dollar import bilan ikkinchi o‘rinda qoldi. Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston — 4,6 mlrd dollar, Turkiya — 3,22 mlrd dollar va Koreya Respublikasi — 2,3 mlrd dollar (4,8%).

O‘zbekiston Rossiya va Xitoy bilan savdo aloqalariga qaram bo‘lib qoldi. RFning tovar aylanmasidagi ulushi 17,9 foizdan 18,6 foizga, Xitoy 17,7 foizdan 17,8 foizga oshdi.

O‘zbekiston bilan eng ko‘p tovar aylanmasi bo‘lgan to‘qqizlik yetakchi davlat (2022, mln dollar)

Davlatlar / yillar bo‘yicha ulushi

2019

2020

2021

2022

1

Rossiya

15,7

15,5

17,9

18,6

2

Xitoy

18,1

17,7

17,7

17,8

3

Qozog‘iston

8

8,3

9,3

9,2

4

Turkiya

6

5,8

8,1

6,4

5

Koreya Respubikasi

6,5

5,9

4,5

4,7

6

Qirg‘iziston

2

2,5

2,3

2,5

7

Germaniya

2,3

2,3

1,8

2,3

8

Turkmaniston

1,3

1,5

2,1

1,9

9

Afg‘oniston

1,5

2,1

1,5

1,5

Qozog‘iston bilan tovar ayirboshlash o‘sishi sekinlashgan (va ulushi 9,3 foizga 9,2 foizga kamaygan) bo‘lsa, 2021 yilning shu davridagi ko‘rsatkich 30,4 foizga oshgan, joriy yilda esa atigi 17,8 foizni tashkil etmoqda.

Turkiya bilan tashqi savdo pasayishni boshladi: o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 61,9 foizga oshgan bo‘lsa, joriy yilda pasayish asosan O‘zbekiston eksportining pasayishi hisobiga 5,5 foizni tashkil etdi (ulush 8,1 foizdan 6,7 foizga kamaydi). Bunga liraning qadrsizlanishi va logistika bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lishi mumkin.

Koreya Respublikasi bilan savdo aloqalari 2021 yilda pasayganidan keyin (-11,7 foiz) Koreya eksportining o‘sishi hisobiga 23,2 foizga oshdi.

Qirg‘iziston bilan savdo aylanmasi 32,1 foizga (1,26 mlrd dollar), Turkmaniston bilan — 2,7 foizga (926,3 mln dollar), Tojikiston bilan — 11,3 foizga (674,4 mln dollar), Afg‘oniston bilan — 12,8 foizga (759,9 mln dollar) o‘sdi. Afg‘oniston bilan savdo hamkorligi yaxshilandi, ammo hali ham 2020 yilga nisbatan pastroq.

O‘zbekiston MDH davlatlari bilan savdo aloqalarini tobora kengaytirmoqda. Boshqa xorijiy davlatlar bilan tovar ayirboshlashning kamayishi hisobiga Hamdo‘stlik davlatlarining ulushi 38,4 foizgacha (37,8 foizni tashkil etdi) oshdi. MDH mamlakatlarida eksport bozorlariga qaramlik ham asosan Rossiya hisobiga 32,6 foizdan 40,7 foizga oshgan.

Tovar va xizmatlar eksportida eng yirik olti hamkor-davlat

Davlatlar / yillar bo‘yicha ulush

2019

2020

2021

2022

1

Rossiya

15,7

15,5

17,9

18,6

2

Xitoy

18,1

17,7

17,7

17,8

3

Qozog‘iston

8

8,3

9,3

9,2

4

Turkiya

6

5,8

8,1

6,4

5

Koreya Respublikasi

6,5

5,9

4,5

4,7

6

Qirg‘iziston

2

2,5

2,3

2,5

7

Germaniya

2,3

2,3

1,8

2,3

8

Turkmaniston

1,3

1,5

2,1

1,9

9

Afg‘oniston

1,5

2,1

1,5

1,5

G‘arb kompaniyalarining Rossiyadan chiqib ketishi fonida ushbu bozor o‘zbek eksportchilari uchun jozibador bo‘lib qoldi. Xitoyga eksport biroz (0,4%), Turkiyaga esa keskin 10,9% kamaydi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Xitoy (1,48 mlrd dollarga yoki 30 foizga o‘sish), Koreya Respublikasi (+24,5 foizga o‘sdi) va boshqa mamlakatlardan yetkazib berish hajmining oshishi hisobiga MDH (41,1 foizdan 36,9 foizga pasaydi) importiga kamroq bog‘liq bo‘ldi).

Tovar va xizmatlar importidagi ettita yirik hamkor davlatning ulushi

Davlatlar / yillar bo‘yicha ulushi

2019

2020

2021

2022

1

Xitoy

21

21,3

19,3

20,9

2

Rossiya

17

19,7

21,4

20,2

3

Qozog‘iston

8

10

10,8

10,6

4

Koreya Respublikasi

11

9,9

7,2

7,5

5

Turkiya

5,4

5,1

6,7

5,6

6

Germaniya

3,8

3,6

2,7

3,5

2022 yil yakuniga ko‘ra, import tarkibida mashina va transport uskunalari hajmi 16,9 foizga oshib, 9,65 mlrd dollarni, importning umumiy hajmidagi ulushi esa 31,4 foizni (32,4 foiz bo‘lgan edi) tashkil etdi.

Ushbu tovarlarning eng katta qismi mamlakatga Xitoy — 3,64 mlrd dollar (37,8 foiz ulush), Koreya Respublikasi — 1,55 mlrd dollar (16 foiz) va Turkiya — 726,9 mln dollar (7,5 foiz) tomonidan yetkazib berilgan. Shu bilan birga, Rossiya uskunalar yetkazib beruvchilar orasida 3-o‘rindan 5-o‘ringa tushib ketdi (ulush 10,8 foizdan 6,5 foizga kamaydi).

Ishlab chiqarilgan mahsulotlar importi 22 foizga oshib, 5,76 mlrd dollarga yetdi. Importning umumiy hajmidagi ulushi 18,8 foizni (18,5 foiz) tashkil etdi.

Asosan ishlab chiqarilgan mahsulotlar Rossiyadan 2,44 mlrd dollar (42,3 foiz), Xitoydan 1,26 mlrd dollar (21,9 foiz) va Qozog‘istondan 721,5 mln dollar (12,5 foiz) import qilingan.

 

Manba: gazeta.uz