×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Toshkentda O‘zbekiston-Sloveniya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 8-fevral kuni Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi tomonidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ko‘magida Toshkent shahrida O‘zbekiston-Sloveniya biznes-forumi tashkil etildi. Tadbirda ikki mamlakatning muhim vazirlik va idoralari rahbarlari hamda 70 dan ortiq ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etdi.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev va Sloveniya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon so‘zga chiqdi.

Sloveniya delegatsiyasi mamlakatimizda bo‘lgani davomida tadbirkorlar o‘rtasida samarali muloqot maydoniga aylangan O‘zbekiston-Sloveniya biznes-forumida ishtirok etdi.

Ma’ruzachilar O‘zbekiston va Sloveniyaning ko‘plab tarmoqlari salohiyatini ochib berdilar. Bundan tashqari, ikki tomon vakillari elektrotexnika, farmatsevtika va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida aloqalarni chuqurlashtirish bo‘yicha takliflarni muhokama qildilar. Forum doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari oʻrtasida ham uchrashuvlar boʻlib oʻtdi, ularda qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish va oʻzaro manfaatli savdo shartnomalarini tuzish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Forum doirasida har ikki davlat bosh vazirlarining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi bilan Sloveniya Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisidagi Bitimni imzoladilar.