×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

IFC kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligida “Xalqaro Moliya korporatsiyasi” o’rtasida O’zbekiston Respublikasida xususiy sektorni rivojlantirishni kuchaytirish maqsadida konsalting xizmatlarini ko’rsatish to’g’risida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Tadbirning asosiy mavzusi O’zbekiston Respublikasida investorlarga xizmat ko’rsatish dasturini amalga oshirishdan iborat loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish bo’ldi.

Tadbirda agentlik tomonidan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi direktori Ulug’bek Qosimxodjayev, “xalqaro Moliya korporatsiyasi” tomonidan esa operatsiya mutaxassisi, O’zbekistondagi o’g’itlar sektorini o’zgartirish bo’yicha IFC loyihasi rahbari Emil Abdikalikov ishtirok etdi.

Muloqot jarayonida tomonlar yaxshilanishga muhtoj bo’lgan ustuvor yo’nalishlarni belgilab oldilar. Ushbu hamkorlik investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va O’zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy investorlar uchun Agentlik tomonidan o’z vaqtida qo’llab-quvvatlanishini samarali ta’minlash imkonini beradi.

Ma’lumot uchun: xalqaro moliya korporatsiyasi 1956 yilda rivojlanayotgan mamlakatlarga xususiy investitsiyalarning barqaror oqimini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan. Korporatsiya Jahon banki tarkibiga kiruvchi xalqaro moliya institutidir. Tashkilotning shtab-kvartirasi Vashingtonda joylashgan.