×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

O’zbekiston va Hindiston qishloq xo’jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga tayyor

Joriy yilning 28 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasining Hindistonga tashrifi doirasida O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Hindiston qishloq xo’jaligi va fermerlar farovonligi vaziri Narendra Singx bilan muzokaralar o’tkazdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat so’nggi bir necha yil ichida agrar sektorda savdoni diversifikatsiya qilishga muvaffaq bo’lganligi, ammo hali ham foydalanilmayotgan imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Tomonlar mahalliy qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarining ikki mamlakat bozorlariga o’zaro kirib borishi uchun qo’shimcha qulay shart-sharoitlar yaratish orqali tovar ayirboshlash hajmini oshirish zarurligi xususida yakdil fikrga keldilar. O’zbekiston 6 nomdagi hind mahsulotlarini, shu jumladan banan, mango, soya va guruchni import qilish uchun fitosanitariya ruxsatnomalarini taqdim etdi. O’z navbatida, Hindiston tomoni uzum, anor, olma, xurmo, qalampir, pomidor, bodom va tarvuz kabi o’zbek agrosanoat mahsulotlariga ruxsat berish imkoniyatini ko’rib chiqmoqda.

Muzokaralarda ayrim qishloq xo’jaligi kompaniyalarining investitsiya rejalari bilan bog’lik masalalar muhokama qilindi. Jumladan, hozirgi vaqtda Hindistonning Indo Organics kompaniyasi to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar hisobiga Namangan viloyatida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashni yo’lga qo’ymoqchi. Bunday texnologik loyihalarni ro’yobga chiqarishda amaliy yordam ko’rsatishga o’zaro tayyorlik bildirildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar yangi yuqori daromadli loyihalarni ishlab chiqish va erishilgan barcha kelishuvlarni hayotga tatbiq etish uchun hamkorlikni kengaytirishda davom etishga sodiqlikni bildirdilar.

 

Source: mift.uz