×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

O’zbekiston va Bangladesh ko’p tomonlama hamkorlikni kengaytirmoqchi

Bosh vazir o’rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J. Xodjayev Bangladesh Xalq Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi M. Alamni qabul qildi. Uchrashuvda ikki mamlakat o’rtasidagi ko’p qirrali hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

O’zaro savdo hajmini oshirish yo’nalishida bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, o’zaro ko’rgazma va yarmarkalarni tashkil etish kabi aniq amaliy chora-tadbirlar ko’rish rejalashtirildi.

Qayd etilganidek, O’zbekistonda Bangladesh investitsiyalari ishtirokida tashkil qilingan 36 korxona, shu jumladan 100 foiz xorijiy kapitalga ega 35 ta korxona ro’yxatga olingan. Bu raqamlar ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlikning haqiqiy salohiyatini aks ettirmaydi vas hu sababli bu borada investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Istiqbolli yo’nalishlarni ko’rib chiqishda O’zbekistonda sintetik tolalar va aralash matolar, tayyor to’qimachilik mahsulotlari, dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish, meva-sabzavotlarni chuqur qayta ishlash bo’yicha loyihalar shakllantirish taklif etildi.

Uchrashuv davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi. Tomonlar erishilgan kelishuvlarni hayyotga tatbiq qilinishi O’zbekiston bilan Bagladesh o’rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga turtki berishiga ishonch bildirdilar.

 

Manba: mift.uz