Joriy yilning 16-17 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasining Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga Raislik qilishi doirasida Toshkent shahrida II-Iqtisodiy forum o‘tkaziladi.
Birinchi marta 2021 yilning iyun oyida Dushanbe (Tojikiston) shahrida bo‘lib o‘tgan Forum o‘zini Tashkilot ichidagi munosabatlarni rivojlantirish va yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi samarali muloqot platformasi sifatida namoyon etdi.
Tadbirning asosiy maqsadi tomonlarning eʼtiborini o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish muammolari va istiqbollariga qaratish, ShHT makonidagi aloqalarni kengaytirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
Yalpi majlis, panel munozaralari, ikki tomonlama uchrashuvlar, b2b muzokaralardan iborat bo‘lgan Forumning tadbirlarga boy kun tartibi raqamli iqtisodiyot, “yashil” texnologiyalar, hududlararo hamkorlik, investitsiyaviy, sanoat hamkorligini kengaytirish va o‘zaro munosabatlarning boshqa ustuvor yo‘nalishlarining salohiyatini ochib berishga mo‘ljallangan.
ShHT Iqtisodiy forumi nafaqat hukumatlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, balki ishbilarmon doiralar, korxonalar vakillarining o‘zaro hamkorligini o‘rnatish hamda ShHT makoni hududlariga investorlarni jalb qilish uchun samarali platformaga aylanishi kutilmoqda.
Manba: mift.uz
Другие новости и события
Invest.gov.uz инвестицион порталининг ҳар қандай материаллари (такрор ишлаб чиқариш, нашр этиш, нусха олиш, қайта чоп этиш, тарқатиш, таржима қилиш, телекўрсатув, қайта ишлаш ва бошқа тарқатиш усуллари) - биринчи манба ва порталнинг ҳаволаси кўрсатилмаган ҳолда ишлатилиши қатъиян тақиқланади!